Янгиликлар
30
Qonunchilokdan yangiliklar
Tergov jarayonida shaxs qadr-qimmati kamsitilsa, unga yetkazilgan zararni davlat toʻlab beradi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–761-son, 29.03.2022-y.) bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud tomonidan shaxsga nisbatan har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻla hajmda qoplab beriladi.