Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qonunchilokdan yangiliklar


Davlatning “oltin aksiya” huquqi bekor qilindi

 

“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–760-son, 29.03.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

 

 Fuqarolik kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi boʻlishi mumkinligi belgilandi.

 

Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlandi.

 

 Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolati 1 yildan 3 yilga uzaytirildi.

 

 Yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari boʻlishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 10 foiz edi.