Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin
Hukumat qarori (145-son, 31.03.2022-y.) bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar:
➖oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
➖chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
➖bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.
Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.
Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.