Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tashkil etildi
“Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–186-son, 31.03.2022-y.) qabul qilindi
Qaror bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.
Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.
Qarorga koʻra, Universitet huzurida quyidagilar tashkil etildi:
*Nukus konchilik instituti;
*“Navoiy” ilmiy-texnologiya sanoat parki;
➖2022/2023 oʻquv yilida:
*Karmana politexnika texnikumi;
*Gʻozgʻon politexnika texnikumi.
Universitet huzuridagi texnikumlarda sanoat, konchilik, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish, energetika, elektrotexnika, xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Universitet yuqori kurs talabalari ish haqi toʻlanadigan tizim orqali band qilinadi, jumladan amaliyot oʻtashda haq toʻlash tizimini joriy etish choralari koʻriladi.
Universitetda 2023/2024 oʻquv yilidan texnika yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.