Янгиликлар
Bilasizmi
Tibbiy koʻrik
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy koʻrikdan (https://lex.uz/ru/docs/142859#144920) oʻtkazishni tashkil qilishi shart:
18 yoshga toʻlmaganlar;
60 yoshga toʻlgan erkaklar, 55 yoshga toʻlgan ayollar;
nogironlar;
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bogʻliq ishlarda band boʻlganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlganlar;
umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlari.