Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Qonunchilikdan yangiliklar


Olimpiya gʻoliblari ishtirokida “Yurt faxri” koʻrgazmalari oʻtkaziladi

 

“Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (162-son, 06.04.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qarorga muvofiq, 2021-yil Tokioda oʻtgan olimpiadalar gʻolib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targʻib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli koʻrgazmalar tashkil etiladi.

 

 Koʻrgazma har yili iyul-avgustda sovrindorlar yashaydigan mahallalarda va noyabr-oktyabrda ular oʻqigan taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.

 

Koʻrgazma davomida sportchilarning hayoti va faoliyati haqida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari va koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi, sportchilar ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkillashtiriladi.

 

 Koʻrgazmani oʻtkazishga Sportni rivojlantirish vazirligi masʼul hisoblanadi.