Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qoʻshimcha pul beriladi
“Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–198-son, 07.04.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-maydan:
“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga va jazoni oʻtab ozodlikka chiqqan fuqarolarga beriladigan toʻlovlar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi hamda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;
AT “Xalq banki” tomonidan pensiya, nafaqalar va moddiy yordamni fuqarolarga naqd yetkazish xizmatlari uchun Pensiya jamgʻarmasi va byudjetdan 1 foiz bankka xizmat haqi toʻlab beriladi;
pensiya, nafaqa, kompensatsiyalar va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi;
2022-yil 1-sentyabrgacha harbiylashtirilgan pensiyalar tizimi avtomatlashtiriladi va pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.
2022-yil 1-oktyabrgacha xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelib olis hududlarga oʻrnatiladi.
2022-yil yakunigacha pensiya va nafaqa oluvchilar mablagʻlarini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqiladi.