Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
“Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va taʼlim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarini belgilash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–199-son, 08.04.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi banklarga ajratadigan ipoteka va taʼlim kreditlari uchun foiz stavkalari 2022-yil yakuniga qadar, amaldagi foizlar, yaʼni ipoteka boʻyicha 13 foiz, taʼlim krediti boʻyicha 10 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
Bunda, 10 foizdagi kreditlar kredit oluvchiga 14 foizdan ajratiladi.
Ipoteka va taʼlim kreditlari boʻyicha foizlarni kamaytirish Markaziy bank asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qoʻllaniladi.