Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qonunchilikdan yangiliklar


Chet el fuqarolari uchun daromad soligʻi stavkasi pasaytiriladi

 Farmonga (https://t.me/toshkentviladliya/3194) koʻra, quyidagilar joriy etildi:

 

 oxirgi yildagi savdo tushumi BHMning 10 ming baravaridan (2,7 mlrd soʻmdan) oshmaydigan tadbirkorlarga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qoʻllanilmaydi;

 

 2022-yil 1-sentyabrdan raqobatga qarshi harakat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga quyidagilar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllaniladi:

 

tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish;

 

ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;

 

xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va aksiyalarni sotib olish bitimlarini tuzishda raqobatni buzish;

 

ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzish.

 

 2022-yil 1-maydan norezident shaxsning Oʻzbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari boʻyicha daromad soligʻi 12 foiz miqdorida belgilanadi (ilgari 20 foizgacha).

 

 2022-yil 1-iyuldan bojxona bojlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina qonunlar bilan beriladi.

 

 Farmonga koʻra, Toshkent shahri misolida Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasi joriy etiladi.