Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Davlat korxonalariga asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan obyektlarni sotib olishi taqiqlandi
Farmonga (https://t.me/toshkentviladliya/3194) koʻra, 2022-yil 1-iyuldan davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi aʼzolarini ragʻbatlantirish va ijro organi aʼzolariga haq toʻlashda yagona ragʻbatlantirish siyosati joriy etiladi.
Bunda, ijro organi aʼzolariga ish haqi va yil boʻyicha biryoʻla toʻlanadigan mukofotdan tashqari har qanday qoʻshimcha toʻlov bekor qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarga Prezident va Hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan hollarda quyidagilar taqiqlanadi:
faoliyatiga xos boʻlmagan yangi obyektlarni sotib olish yoki qurish;
raqobat rivojlangan sohada faoliyatidan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish;
faoliyatiga xos boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish.
Davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp boʻlgan banklar tomonidan mulkni sotish, boshqa korxonaga investitsiya kiritish kelishuvlari majburiy tarzda korxonalar kuzatuv kengashi bilan kelishiladi.
Davlat korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerak.