Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi


5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi

 

“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

 

 Xususan, oilaviy sport ragʻbatlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

 

 2022-yildan har yili 30-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.

 

1-bosqichda – koʻchalararo mahalla musobaqalari;

2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;

3-bosqichda – sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;

4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;

5-bosqichda – viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.

 

Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladi.

 

 2023-yil 1-martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi.

 

 Yuqoridagi musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:

 

tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;

viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;

respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.