Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Qonunchilikdan yangiliklar


Tibbiyot xodimlarining malaka toifasini olish muddati qisqartirildi

 

“Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–11.04.2022-y.) qabul qilindi

 

Farmonga koʻra:

 

 yuqori malakali va malakali mutaxassislar toifasiga kirmaydigan chet el fuqarosi boʻlgan shifokorlar uchun Oʻzbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma berganlik uchun yigʻim miqdori 6 baravarga kamaytirilib, BHMning 5 baravari miqdorida undiriladi (Ilgari BHMning 30 baravari miqdorida edi);

 

 Oʻzbekistonga qisqa muddatga (bir oygacha) kelayotgan chet el mutaxassislariga Oʻzbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etilmaydi;

 

 Oʻzbekistonda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan davolash muassasalari tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim bekor qilinadi;

 

 davolash muassasalari (bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno) uchun turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishga boʻlgan talab bekor qilinadi. Bunda, tashrif buyuruvchilarni hisobga olish elektron amalga oshiriladi.

 

 Yuridik shaxslar tomonidan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvargacha uzaytirildi (ilgari 2024-yil 1-yanvargacha edi).

 

Farmonga koʻra, tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallarini 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilinadi.

 

 Shuningdek, farmonga muvofiq:


nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot OTMning klinik bazalari tashkil etilib, ularda shifokor va hamshiralar malakasi oshiriladi hamda qayta tayyorlanadi;

 

malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirilgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilandi (Ilgari birinchi malaka toifasi uchun 7 yil, oliy malaka toifasi uchun 10 yil edi).