Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi
Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022-y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
➖2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
➖2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
➖2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
➖2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.