Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Davlat organlari vazifalarini volontyorlik orqali samarali amalga oshirish tartibi belgilandi
“Volontyorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (169-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom tasdiqlandi.
2022-yil 1-iyundan Oʻzbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi ishga tushiriladi.
Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.
Taʼlim oluvchilar taʼlimdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Quyidagi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkin emas:
➖pul bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;
➖maxfiy maʼlumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;
➖inson hayoti uchun xavfli boʻlgan, bajarilishi alohida bilim va koʻnikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi.
Davlat organiga jalb etilgan volontyor oyiga 20 soatdan koʻproq volontyorlik bilan band boʻlsa, u bilan volontyorlik shartnomasi tuzilishi shart.