Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Qonunchilikdan yangiliklar


Davlat organlariga joriy yil yakunigacha ortiqcha xarajat qilish taqiqlandi

 

“Byudjetlararo munosabatlarni va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–208-son, 15.04.2022-y.) qabul qilindi

 

Qarorga muvofiq, 2022-yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar oshirib bajarilgan qismidan hududiy byudjetlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning 40 foizi respublika byudjetida qoldiriladi.

 

 2022-yil 1-maydan davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalaridan Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalar qilish toʻxtatiladi.

 

 2022-yil aprel‒dekabr oylarida davlat organlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda jamgʻarmadagi boʻsh turgan pullarni bankka joylashtirish orqali olinadigan daromadlarning 15 foizi respublika byudjetiga oʻtkaziladi.

 

Davlat organlari joriy yil yakunigacha asosiy vositalarni xarid qilishi hamda bino va inshootlarni taʼmirlashi taqiqlandi (maktablar, bogʻchalar, tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylari mustasno).

 

 Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblashda minoralar, koʻpriklar (estakadalar), rezervuarlar (oʻt oʻchirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) soliq bazasi sifatida koʻrilmaydi.