Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ijtimoiy aksiya



Barcha taʼlim tizimi xodimlari diqqatiga!

Huquqiy muammolaringiz bormi?

Bepul huquqiy maslahat kerakmi?

 Adliya vazirligi tomonidan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul oʻtkaziladi.

 Sayyor qabul 2022-yil 21-aprel kuni Talabalar shaharchasi, Universitet koʻchasi (Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti binolari oraligʻi) hududida soat 15:00 da boshlanadi.

 Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:

murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;

Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO boʻlimlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar koʻrsatiladi;

sovrinli viktorinalar oʻtkaziladi.

 Sayyor qabulga barcha taʼlim tizimi  xodimlarini chorlaymiz!

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet koʻchasi. Avtobus: 11, 28, 31, 34, 87, 90, 116. Metro: "Beruniy" bekati.