Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Kichik tadbirkorlar uchun 5 mlrd soʻmgacha kredit ajratiladi
“Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.
Bunda:
kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;
banklar tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 5 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
tadbirkorlarning faoliyat davri 6 oygacha boʻlganda 1 milliard soʻmgacha, 6 oydan 1 yilgacha boʻlganda 2 milliard soʻmgacha, 1 yildan 2 yilgacha boʻlganda 3 milliard soʻmgacha, 2 yildan 3 yilgacha boʻlganda 4 milliard soʻmgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi;
kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning maʼmuriy markazlaridan va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.