Янгиликлар
Bilasizmi
Qonunchilikka koʻra (https://lex.uz/docs/97664), quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:
murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik.
Ushbu harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga 270 ming soʻmdan 810 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.