Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Qonunchilikdan yangiliklar


Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi

 

“Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori (200-son, 20.04.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qarorga koʻra, quyidagilar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:

 

bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish;

bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;

arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish;

loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish;

qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;

koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish.

 

 Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida maʼlumotnoma olish uchun DXM yoki YAIDXPga murojaat qilinadi.

 

Maʼlumotnoma olish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

 

 Maʼlumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.