Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Qonunchilikdan yangiliklar


Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (203-son, 20.04.2022-y.) bilan Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 

Nizomga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun BHMning1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.

 

 Bunda ish beruvchi nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

 

 Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hujjatlarni 3 ish kunida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

 Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga toʻlab beriladi.

 

 Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.