Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdan yangiliklar


Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid maʼlumotlar majburiy tartibda eʼlon qilib boriladi

 

“Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (208-son, 22.04.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qarorga koʻra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

 

NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni masʼul davlat organlariga kiritish;

 

NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini koʻrib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;

 

NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari boʻyicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni koʻrib chiqish natijalarini eʼlon qilish.

 

 2023-yil 1-yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:

 

▫️ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;

▫️loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid eʼlonlar;

▫️kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;

▫️davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablagʻlarning sarflanish holati.

 

 Maʼlumot uchun: Mazkur elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat koʻrsatish maqsadida ishlab chiqilgan.