Янгиликлар
Adliya xabari
2022-2023 oʻquv yili qabulida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga koʻra:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:
▫️Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol (har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball – 11 ball);
▫️Matematika – 10 ta savol (har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball – 11 ball);
▫️Oʻzbekiston tarixi – 10 ta savol (har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball – 11 ball).
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan boʻyicha:
▫️1-fan – 30 ta savol (har biri uchun 3,1 balldan, maksimal ball – 93 ball);
▫️2-fan – 30 ta savol (har biri uchun 2,1 balldan, maksimal ball – 63 ball).
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball.
Shunga koʻra, 2022-2023 oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Davlat test markazi