Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qonunchilikdan yangiliklar


Nikohlanuvchi shaxslar molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi

 

“Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–217-son, 25.04.2022-y.) qabul qilindi

 

Qarorga muvofiq:

 spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalar davlat tomonidan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida patogenetik dorilar, tibbiy va ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan kafolatli taʼminlanadi;

 spinal mushak atrofiyasi kasalligi boʻyicha xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning hududiy markazlarida, shuningdek, zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida bepul diagnostikadan oʻtkaziladi.

2022-yil 1-iyuldan spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.

  2023-yil 1-iyuldan nikohlanuvchi shaxslar oʻz hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi hamda uning hududiy markazlariga tashrif buyurish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan oʻtkaziladi.

  2022-yil 1-maydan spinal mushak atrofiyasi kasalligi tashxisi tasdiqlangan bemor bolalar uchun hududlardagi bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini toʻgʻrilash) jarayoni tashkil etiladi.

 Qaror bilan shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.