Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qonunchilikdan yangiliklar


“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 27.04.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qaror bilan Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard soʻm byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi.

 

Byudjet ssudasi hisobidan:

 

▫️qishloq xoʻjaligi korxonalariga – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun moddiy-texnik resurslar, urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish uchun;

 

▫️qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, “Agroservis operator” DUKga – ekinlarni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yillik 14 foizda qarz beriladi.

 

 “Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar yetkazib berish, qarz shartnomasi asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davridan ortiq boʻlmagan muddatga yillik 14 foizda amalga oshiriladi.