Янгиликлар
Adliyadan tashabbus: “Gender-madad” huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi
Adliyadan tashabbus: “Gender-madad” huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi
Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini taʼminlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, bepul huquqiy yordam koʻrsatish tizimini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Gender-madad (http://gendermadad.uz/)” elektron huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi.
Platforma orqali quyidagi yoʻnalishlarda huquqiy yordam olishi mumkin:
Gender tenglik;
Ayollar huquqiy himoyasi;
Ayollarga imtiyozlar;
Oilaviy munosabatlar;
Oilaviy zoʻravonlik;
Xalqaro standartlar;
Gender tengligiga erishish strategiyasi;
Ayollar uchun ijtimoiy himoya daftarlari;
Ona va bola salomatligini muhofaza qilish.
Platformadagi maʼlumotlar sodda, xalqchil tilda bayon etilgan boʻlib, bu huquqiy maslahatlar har bir ayol uchun kundalik hayotida dastak boʻlib xizmat qiladi.
‼️Eng asosiysi, platformada qayta aloqa yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Siz oʻz savollaringizga malakali huquqshunoslardan onlayn javob va maslahat olishingiz mumkin.
Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=61fTvXQP47g
Platformaga oʻtish: https://gendermadad.uz/oz
Kanalga ulanish: https://t.me/hudud24official
https://www.youtube.com/watch?v=61fTvXQP47g