Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Pensiya miqdori oshirildi

 

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–128-son, 29.04.2022-y.) qabul qilindi

 

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.

 

 Shunga koʻra, Oʻzbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:

 

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 soʻm;

yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 soʻm;

nogironlik pensiyalari, ish staji toʻliq boʻlmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 soʻm;

mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 soʻm;

1941-1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 soʻm;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 soʻmdan) 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 soʻm.

 

 Shuningdek, 2022-yil 1-maydan:

 

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm;

ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 soʻm;

boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 185 000 soʻmdan qoʻshiladi;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.