Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Yozgi Osiyo oʻyinlari gʻoliblari 5 ming dollargacha ragʻbatlantiriladi

“2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–234-son, 05.05.2022-y.) qabul qilindi

 Qarorga koʻra, mazkur Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi.

 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha ragʻbatlantiriladi:

 Gʻolib va sovrindorlar:

oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari;

 Gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari;

 boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

oltin medal uchun – 2 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun – 1 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun – 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.

 Bundan tashqari, gʻolib va sovrindorlar, trenerlar qoʻshimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 Gʻolib va sovrindorlar:

oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;

kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;

bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

 Gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;

kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida