Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Goʻshtni qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish muddati uzaytirildi

 

 Qonun (https://t.me/huquqiyaxborot/11628) bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, Oʻzbekistonga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, soya danagini olib kirish, shuningdek oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2022-yil 30-aprelgacha edi.

 

 Goʻshtni (mol goʻshtini, qoʻy goʻshtini), tirik hayvonlarni (molni va qoʻyni) va ularni soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni Oʻzbekistonga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

 

 Tovuq goʻshti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz 2022-yil 30-aprelgacha etib oʻzgartirishsiz qoldirildi.

 

 2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvargacha Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar:

 

foyda, aylanmadan olinadigan, ijtimoiy va daromad soligʻini 1 foizda toʻlaydi;

yuridik shaxslarning mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlari 1 foizda toʻlaydi.

 

 Boʻyalgan matoni, boʻyalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz toʻlaydi.