Янгиликлар
Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashtirildi
Hukumat qarori (237-son, 06.05.2022-y.) bilan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Unga koʻra, viloyat hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan takroran tanlovda ham gʻolib aniqlanmagan yerlar boʻyicha uning maydoni, ixtisosligini oʻzgartirib talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlarga ochiq tanlov oʻtkazadi.
Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun 3 ish kunida taklif tushgan yerni oʻrganadi. Ilgari 5 ish kunida edi.
Shuningdek, tanlovga chiqarish uchun moʻljallangan yerni vakolatli organlar bilan kelishish muddati ham 5 kundan 3 kunga qisqartirildi.
Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi boʻlgan talabgorlar 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari boʻlsa, BHMning 1 baravari (270 ming soʻm) miqdoridagi zakalat pulini toʻlashdan ozod etiladi. Ilgari mazkur imtiyoz faqat ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarga tatbiq etilgan.