Янгиликлар
D I Q Q A T !
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2022/2023 oʻquv yili uchun (fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari, iqtisodiy va maʼmuriy ixtisosliklar boʻyicha) talabgorlar qabul qilinadi.
Tayyorlash kursiga oʻttiz toʻrt yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisoslik boʻyicha kamida yetti yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Tayyorlash kursi bir yillik oʻquv dasturi boʻyicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.
Talabgorlar Oliy maktabga bevosita yoki elektron shaklda (www.sudyalaroliymaktabi.uz (http://www.sudyalaroliymaktabi.uz/); www.sudya.uz (http://www.sudya.uz/)) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
− tayyorlash kursi ixtisosligi nomini koʻrsatgan holda Oliy maktab direktori nomiga ariza;
− talabgor tomonidan shaxsan toʻldirilgan soʻrovnoma va tarjimayi hol;
− Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy varaqa (obyektivka) va yaqin qarindoshlari (talabgor va uning turmush oʻrtogʻining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, shuningdek talabgorning farzandlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, shu jumladan elektron shaklda;
− oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (taʼlim yoʻnalishi: yurisprudensiya; taʼlim shifri: 5240100) va uning ilovasi nusxalari;
− talabgorning pasport yoki ID kartasi nusxasi;
− mehnat daftarchasi nusxasi;
− 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
− Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yoʻqligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma (086/1 shakl);
- psixiatriya va narkologiya muassasalarida hisobda turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
− xorijiy davlat fuqaroligini olmaganligi yoki xorijiy davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega emasligi toʻgʻrisidagi tilxat;
− oxirgi uch yil davomida bajargan ishlari toʻgʻrisida ish joyidan maʼlumot-tavsifnoma;
− ish joyidan tavsiyanoma;
− oʻzi va yaqin qarindoshlarining sudlanganlik holati boʻyicha maʼlumotnoma.
Talabgorlardan hujjatlar 2022-yilning 15-apreldan 15-mayga qadar qabul qilinadi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan tegishli hujjatlar namunalari www.sudyalaroliymaktabi.uz (http://www.sudyalaroliymaktabi.uz/) saytiga joylashtirilgan.
Maʼlumot uchun tel: (998) 555-010-199.
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, 6-uy.