Янгиликлар
10
Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–239-son, 10.05.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021-yil 6-dekabrda Nur-Sulton shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.