Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

E’LON


ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI
DIQQATIGA

Toshkent viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida

E’LON

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari bo‘yicha lavozimlar:

Hudud nomi

Lavozim

Adliya bo‘limi boshlig‘i

1.

Bekobod shahar

1

2.

Piskent tumani

1

3.

Toshkent tumani

1

4

Yangiyo’l shahar

1

 

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazi bo‘yicha lavozimlar:

Hudud nomi

Lavozim

Davlat xizmatlari markazi direktori

1.

Bo’ka tumani

1

2.

Bo’stonliq tumani

1

3

Parkent tumani

1

4

Chirchiq shahar

1

5

Yuqorichirchiq tumani

1

6

O’rtachirchiq tumani

1

7

Quyichirchiq tumani

1

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

· adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;

·davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

 

Murojaat muddati va manzil:

      Nomzodlar 2022-yil 18-may kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:

Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.

Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

 

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon, 70 201-07-17, e-pochta toshvil@adliya.uz

·     Tanlov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi    
(Manzil: Nurafshon shahar, Toshkent yo’li ko'chasi. Mo'ljal: Yoshlar markazi binosi ro’parasida).

· Ichki tanlov jarayonlarini audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.

·     Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan yoki korrupsiya holatlari vujudga kelgan taqdirda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.