Янгиликлар
Adliya xabari
Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yoʻl ham boʻysunadi” shiori ostida yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha huquqiy savodxonlik oyligi eʼlon qilinadi.
Oylik doirasida:
* Yoʻl harakati ishtirokchilari huquqlari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi;
* kurslar.huquqiyportal.uz platformasida yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bepul onlayn oʻquv kurslari tashkil etiladi;
* “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida mutaxassislar ishtirokida jonli efirlar tashkil qilinadi;
* Radioefirlarda sovrinli huquqiy viktorinalar oʻtkaziladi;
* “Bir qadam” nomi ostida ijtimoiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilinadi;
* “Streyet law” loyihasi doirasida maktab oʻquvchilarida amaliy koʻnikmalar shakllantiriladi;
* Yoʻlovchilarga yoʻl harakatlarini sodda tushuntirish maqsadida sayyor qabullar uchun “Huquqiy taxi” xizmati yoʻlga qoʻyiladi;
* Sohaga doir boshqa tadbirlar tashkil etiladi.