Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bilasizmi


Ish beruvchi quyidagi xodimlarni ishga qabul qilishda va keyinchalik tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart:

 

(https://www.lex.uz/docs/142859#144920)

* 18 yoshga toʻlmaganlar;

* 60 yoshga toʻlgan erkaklar, 55 yoshga toʻlgan ayollar; nogironlar;

* noqulay ishlarda, tungi ishlarda, transport harakati bilan bogʻliq ishlarda band boʻlganlar;

* oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlganlar;

* maktablar, bogʻchalar va boshqa muassasalarning bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlari.

 

 Tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun xodimlardan pul undirilmaydi, tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

 

Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.