Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qonunchilikdan yangiliklar


"Ye-Antikorrupsiya" loyihasi ishga tushiriladi

 

“Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–240, 11.05.2022-y.) qabul qilindi

 

* Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan, quyidagilarni nazarda tutuvchi "Ye-Antikorrupsiya" loyihasi toʻliq ishga tushiriladi:

 

* davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;

 

* “Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reestri”ni shakllantirish va yuritish;

 

* korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish orqali bartaraf etish.

 

Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi.

 

 Shuningdek, 2023-yil 1-yanvargacha davlat boshqaruvi organlarida quyidagi talablar asosida kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi:

 

vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq elektron tarzda amalga oshirish;

tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni toʻplash va unga ishlov berish;

kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;

xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy oʻqitish;

kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish.