Янгиликлар
Diqqat_tanlov
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yoʻl ham boʻysunadi” shiori ostida yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha huquqiy savodxonlik oyligi eʼlon qilingan.
(https://t.me/huquqiyaxborot/11651)️ Oylik doirasida “Bir qadam” videoroliklar tanlovini oʻtkazish belgilangan.
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
Videoroliklarni baholash va gʻolibni aniqlashda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
* mavzu mohiyatini toʻgʻri tushunganlik;
* holatni yoritishda taʼsirchan ifoda;
* original yondashuv.
Videorolikning davomiyligi 1 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
Tanlovga materiallar 10-iyungacha @birqadamtanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan videoroliklar hakamlar hayʼati tomonidan saralanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.
Tanlov gʻolibi planshet hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va gʻolib boʻling!