Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Davlat_xizmatlari_reglament


Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish tartibi

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Xizmat: Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish.

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Xizmatdan foydalanuvchilar: Imtihon topshirish paytida 31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan jismoniy shaxs (16 yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakil).

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Xizmatni koʻrsatishda kerak boʻladigan hujjatlar:

 

*  Soʻrovnoma

*  Imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi

*  Xorijiy til bilish darajasini belgilovchi sertifikat

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Xizmatni koʻrsatish tartibi:

 

1️⃣ (https://t.me/huquqiyaxborot) Ariza beruvchi maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida istalgan tuman (shahar) DXMga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtib murojaat qoldiradi.

 

2️⃣ (https://t.me/huquqiyaxborot) Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli hujjatlar (imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi, maxsus sertifikat) elektron tarzda pdf formatda ilova qilinadi.

 

3️⃣ (https://t.me/huquqiyaxborot) Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun oʻziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.

 

4️⃣ Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YAIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʻrab vakolatli xorijiy tashkilotga soʻrov yuboradi.

 

5️⃣ Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda Agentlik 15 kun mobaynida maxsus sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning reestrini shakllantirib, unga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini Xalq bankining hisobvaragʻiga moliyalashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.

 

6️⃣ Xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS yuborilgandan soʻng Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda belgilangan kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradi.

 

 Xizmatni koʻrsatish muddati: 30 kun mobaynida

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Xizmat narxi: Bepul

 

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxati bilan batafsil bu yerda (https://t.me/huquqiyaxborot/9524) tanishishingiz mumkin.

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/5370812) (209-son, 13.04.2021-y.)