Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari tashkil etiladi
“Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–244-son, 16.05.2022-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga koʻra, ichki ishlar organlariga oʻz tashabbusiga koʻra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi berildi.
2023-yil 1-yanvardan:
narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologiya dispanserlarining oʻzida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi.
Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqish mumkin.
➡️ 2023-yil 1-yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar boʻlimlarida tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi.
Qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʻrinli mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlari (2022-yilda 114 ta, 2023–2024-yillarda 20 ta) tashkil etiladi.
Shuningdek, 2022-yil yakunigacha narkologik bemorlarni ixtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qoʻshimcha 430 ta oʻrin tashkil etiladi.