Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilikdan yangiliklar


Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi

 

“Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 16.05.2022-y.) qabul qilindi

 

✅ Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan har yili respublika aholisini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.

 

2022-yil 1-sentyabrdan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 190-moddasida (https://lex.uz/docs/97664#200590) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni oʻz hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-noyabrgacha jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

 

 2022-yil 1-iyuldan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi.

 

➡️ 2022-yil 1-iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanadi.

 

 2024-yil 1-yanvardan nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarning gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan boʻlishi hamda Reestrning yuritilishi tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.

 

2022-yil 1-iyuldan har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablagʻlar ajratiladi.

 

 Qarorga koʻra, 2022–2023-yillarda epidemiologik koʻrsatmaga muvofiq, davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi 119 016 nafar xodimning (shundan 2022-yilda 47 605 nafari) gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanishi nazarda tutilgan.