Янгиликлар
Bilasizmi
Qonunchilikka (https://lex.uz/docs/2156899#2157045) koʻra, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), jumladan:
fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi, shuningdek mazkur faktlar toʻgʻrisida ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarini hamda ichki ishlar organlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
