Янгиликлар
Ommaviy_qabul
Ommaviy sayyor qabul — xalq bilan faol va ochiq muloqot
Oltinchi kungi sayyor uchrashuvlar Boʻstonliq tumani “Hojikent” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Hojikent” dam olish maskanida boʻlib oʻtdi. Ommaviy qabulda Boʻstonliq, Qibray tumani va Chirchiq shahar aholisi toʻliq qamrab olindi. Aksariyat masalalar shu joyning oʻzida tegishli rahbarlar ishtirokida hal etilmoqda.
Sayyor qabullarda adliya vaziri oʻrinbosari A.Muhamadiyev ishtirok etdi. Aholi tomonidan muddati oʻtgan tugʻilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish, uy-joy, subsidiya olish, mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya kabi masalalar yuzasidan murojaatlar boʻldi. 24-may kuni boʻlib oʻtgan qabulda vazirlik tomonidan 26 nafar fuqaro qabul qilingan boʻlsa, ularning 7 nafariga shu yerning oʻzida sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi.


