Янгиликлар
Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling
Yoʻl harakati qoidalariga (https://lex.uz/docs/5953883) koʻra, davlat roʻyxatlash raqam belgilari koʻrinmaydigan, qalbakilashtirilgan, oʻzgartirilgan boʻlsa, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra (https://lex.uz/docs/97664), davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish – ana shu qurilmalarni musodara qilib:
fuqarolarga 270 ming soʻmdan 810 ming soʻmgacha;
mansabdor shaxslarga esa – 810 ming soʻmdan 1 mln 350 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
