Янгиликлар
Qonunchilikdagi_yangiliklar
Etnosport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi
“Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–259-son, 25.05.2022-y.) qabul qilindi
Qaror bilan Etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda uni 2022–2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Shunga koʻra, 2023-yil 1-martdan har yili etnosport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi.
2023-yildan anʼanaviy tarzda:
Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari boʻyicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali;
Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi.
2022/2023 oʻquv yilidan Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik sanʼati yoʻnalishida oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanadi.
2023-yildan har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.
Shuningdek, YUNESKO tashkilotidan nomoddiy madaniy meros maqomi olinishi mumkin boʻlgan etnosport turlari roʻyxati shakllantiriladi.
2023-yil 1-yanvargacha har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar savdosini yoʻlga qoʻyish maqsadida doʻkonlar tashkil etiladi.