Янгиликлар
Diqqat_tanlov
Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilimingizni sinovdan oʻtkazing!
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yoʻl ham boʻysunadi” shiori ostida yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha huquqiy savodxonlik oyligi eʼlon qilingan.
(https://t.me/huquqiyaxborot/11651)
Oylik doirasida Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha aholining huquqiy savodxonligini oshirish va bilim darajasini sinovdan oʻtkazish maqsadida test oʻtkazish belgilangan.Test sinovi 6-iyun kuni soat 09.00 dan 13.00 gacha onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.
Buning uchun har bir ishtirokchi yhq.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtishi kerak.
Test sinovi 20 ta savol va 1 ta ijodiy savoldan iborat.
Test savollarining barchasiga eng tez va toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarning 10 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari koʻrib chiqiladi. Natijalarga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchi gʻolib deb topiladi
Test sinovi gʻolibi velosiped bilan taqdirlanadi.