Янгиликлар
Diqqat_loyiha
“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun
Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:
tadbirkorlik subyektlarini kichik, oʻrta va yirik toifalarga ajratish;
“xoʻjalik shirkati” tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish;
YATTlarga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqini berish;
tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar hamda imtiyozlarning yagona reestrlarini shakllantirish;
ayollar va yoshlar tadbirkorligi hamda ularni qoʻllab-quvvatlash tizimini (alohida dasturlar asosida) joriy etish;
davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi toʻgʻridan-toʻgʻri soliq, bojxona va boshqa turdagi imtiyoz va preferensiyalar berishni taqiqlash.
Batafsil infografikada
Kodeks loyihasi muhokamasida ushbu havola orqali faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/61999