Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Davlat muzeylariga soat 22:00 gacha xizmat koʻrsatish huquqi beriladi

 

Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–261, 27.05.2022 y). qabul qilindi

 

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:

 

-          davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;

-          zaruratga koʻra, davlat muzeylari tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;

-          pulli xizmatlar koʻrsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi va ular moddiy ragʻbatlantiriladi;

-          davlat muzeylariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.

 

Davlat tashkilotlari va muassasalari oʻzlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi.

 

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida, jumladan:

 

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi boʻlgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;

“Daftar”larga kiritilgan fuqarolarning temir yoʻl chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari toʻliq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan qoplanadi.