Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Davlat_xizmatlari_reglament


Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish tartibi

Xizmat: Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

Xizmatni koʻrsatish tartibi:

 1. Ariza beruvchilar maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

 2. Soʻrovnoma toʻldirilib, vakolatli organ (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi)ga elektron tarzda yuboriladi.

 3. Markaz soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YAIDXP orqali yuboradi.

 

 Xizmatni koʻrsatish muddati:

 3 ish kuni mobaynida

  Xizmat narxi:

 

 -  BHMning 3 foizi miqdorida – 8 100 soʻm;

 -  Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 7 290 soʻm.

 

 Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/4977684) (535-son, 02.09.2020-y.)