Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–265-son, 31.05.2022-y.) bilan Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat OTM hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Xorijiy tillar sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sanaladi.

Institutda tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati quyidagicha:

I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi

2022/2023 oʻquv yilidan

1. Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

2. Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili

3. Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

4. Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

5. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

6. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

7. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

8. Xorijiy til va adabiyoti: rus tili

9. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

2023/2024 oʻquv yilidan

10. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

11. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

12. Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili

13. Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili

14. Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili

15. Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili

II. Magistratura mutaxassisliklari

2022/2023 oʻquv yilidan

1. Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)

2. Lingvistika (tillar boʻyicha)

3. Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)

2023/2024 oʻquv yilidan

4. Sinxron tarjima (tillar boʻyicha)

5. Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)

Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi.

Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga 2023/2024 oʻquv yilidan kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi. Bunda:

  • chet tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori milliy sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan oʻqishga kirish sinovlarida imtihonsiz maksimal ball beriladi;
  • chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
  • Institutning magistratura mutaxassisliklariga kirishda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom balining oʻrtacha koʻrsatkichi inobatga olinadi hamda qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazilmaydi;
  • mutaxassislik fanlaridan xorijiy tilda dars beradigan S1 darajasidan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi mumkin.

2024/2025 oʻquv yilidan Institutning mutaxassislik fanlar (xorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilari B2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishi kerak.