Янгиликлар
Qonunchilikdagi_yangiliklar
Chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik toʻxtatiladi
“Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–145-son, 31.05.2022-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2022-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvargacha bir qator tovarlarni (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilandi.
2022-yil 1-iyundan quyidagilarni Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlandi:
▫️oʻsimlik yogʻi, shu jumladan paxta, kungaboqar yogʻi;
▫️kungaboqar urugʻlari hamda boshqa yogʻ oʻsimliklarining urugʻlari va mevalari.
2023-yil 1-yanvargacha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar hamda Oʻzbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik toʻxtatiladi.
2022-yil 1-avgustgacha asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qoʻshimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.