Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Halol tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar manfaatlari himoya qilinadi


Halol tadbirkorlik faoliyatini olib borayotganlar manfaatlari himoya qilinadi

 



Soʻnggi yillarda yurtimizda kontrafakt mahsulotlar aylanmasini oldini olish, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Kontrafakt mahsulotlar aylanmasidan birinchi oʻrinda mamlakat iqtisodiyoti hamda isteʼmolchilari katta zarar koʻrsa, ikkinchidan, uni xarid qilgan isteʼmolchi nafaqat oʻz sogʻligiga, balki oila va davlat byudjetiga ham birdek zarar yetkazadi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-aprel kuni tasdiqlangan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Unda viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi,    farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish boʻlinmasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklamafaoliyatini tartibga solish tuzilmasi hamda  dori-darmon vositalari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yigʻilganlarga mutaxassislarimiz tomonidan  dorixonalarda kontrafakt mahsulotlar aylanmasini oldini olish, intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, mazkur sohada davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi. Bundan tashqari, qaror ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Qoʻshma harakatlar rejasi”da koʻrsatib oʻtilgan vazifalar hamda intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boʻyicha joriy etilayotgan yangi mexanizmlarni masʼul davlat organlari va tashkilot xodimlari oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha, jumladan “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalanish jarayonlari haqida amaliy mashgʻulotlari oʻtkazildi. Afsuski, soʻnggi paytlarda dorixonalarda kontrafakt mahsulotlar turi koʻpayib bormoqda. Bu esa tegishli tartib-qoidalarni poymol qilish bilan birga, isteʼmolchilarning salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu boisdan ham bugungi seminarimiz har tomonlama dolzarbdir.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasining kontrafakt mahsulotlar savdosini oldini olish yoʻlida olib borayotgan bunday seminar, uchrashuv va davra suhbatlari tadbirkorlarning huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka, halol va ishonchli tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan taraf manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Kelgusida boshqa sohada ish olib borayotgan tadbirkorlar bilan ham shunday tadbirlarni oʻtkazishni rejalashtirganmiz.

 

Abduvakil Sodiqov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlim boshligʻi